Kreativ parklarining rezidentlari Ijtimoiy va daromad soligʻini 50 foiz kamaytirilgan stavkada toʻlaydi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        2025-yil 1-maydan boshlab
                    
                            
Kreativ industriya parklari rezidentlari Ijtimoiy va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻini 50 foiz kamaytirilgan stavkada toʻlaydi. Bu haqda Prezident farmonida ma’lum qilindi.
Farmonga koʻra, kreativ industriya parki hududlarda uning filiallari hamda ularda kreativ soha vakillarini oʻqitadigan biznes maktablari tashkil etiladi.
Soliq imtiyozlari 2025-yilning 1-may sanasidan boshlab, 2031-yilning 1-yanvarigacha amal qiladi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri xorijiy tillarda «C1» darajasiga ega boʻlgan yoshlar chekka va olis hududlarda xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan oʻquv markazlarini ochishlari mumkin boʻlishi haqida yozgan edi.
