Myanmada kuchli zilzila yuz berdi

eʼlon qilindi
7,7 magnitudali
Myanma markazida kuchli zilzila
Myanma markazida kuchli zilzila yuz berdi / Foto: alexandersr / www.depositphotos.com

Bugun, 28-mart kuni Myanma markazida 7,7 magnitudali kuchli zilzila sodir bo‘ldi. AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzilaning chuqurligi 10 kmni tashkil qilgan. Epitsentr mamlakatning ikkinchi yirik shahri Mandalaydan 17,2 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Zilzila nafaqat Myanma hududida, balki qo‘shni davlatlarda ham sezildi. Tailand poytaxti Bangkokda ham kuchli silkinishlar kuzatilgan. Shahar aholisi vahima ichida binolarni tark etgan, basseynlardagi suv to‘kilib ketgan. Mahalliy vaqt bilan 13:30 da boshlangan zilzila natijasida ko‘p qavatli binolardan odamlarni evakuatsiya qilish ishlari olib borilyapti.

Hozirgacha rasmiy manbalar zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar borligi haqida ma’lumot bermagan. Mahalliy hukumat va qutqaruv xizmatlari hodisa oqibatlarini baholashni davom ettirmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qirg‘izistonda zilzila sodir bo‘lgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek