Tailanddagi Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirildi

eʼlon qilindi
Tailanddagi yer silkinishlarining magnitudasi 7,4 ni tashkil qilgan
Tailand
Oʻzbekistonning Tailanddagi fuqarolari ogohlantirildi / Foto: CNN

Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulligi oʻz fuqarolarini Tailandda yuz bergan zilzila munosabati bilan ehtiyotkor boʻlishga chaqirdi. Xabar diplomatik missiyaning Instagramʼdagi sahifasida e’lon qilindi.

«Biz Tailandning tegishli idoralari bilan aloqadamiz va vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz», – deyiladi bosh konsullik bayonotida.

Yordamga muhtoj Oʻzbekiston fuqarolari +66 2 675 3995 raqamiga qoʻngʻiroq yoki diplomatik missiyaning Instagram sahifasiga murojaat qilishi mumkin. Tailanddagi yer silkinishlarining magnitudasi 7,4 ni tashkil qilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Kursiv Uzbekistan Myanmada kuchli zilzila yuz bergani haqida yozgan edi.

Shuningdek