Qarshida mukofot jamg‘armasi 350 mln so‘mlik shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi

28-mart 2025 12:50 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir
Foto: Videodan qirqib olingan

Qarshida 4 – 11-may kunlari mukofot jamg‘armasi 350 mln so‘mni tashkil etuvchi yirik shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi. Bu haqda Shaxmat federatsiyasi xabar qildi.

Ushbu musobaqa O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi va Shah-polan M MCHJ hamkorligida uyushtiriladi. Tanlov shveysarcha tizimda 9 turdan iborat bo‘lib, har bir o‘yinchiga 90 daqiqa vaqt va har bir yurish uchun 30 soniya ajratiladi.

Unda «A» guruhi (1800 va undan yuqori FIDE reytingi) va «B» guruhi (1999 va undan past FIDE reytingi) ishtirok etishi mumkin. Musobaqada qatnashish pullik.

O‘zbekistonlik ishtirokchilar uchun to‘lovlar «A» guruhi uchun (1-maygacha to‘lanadi):

  • FIDE reytingi 2200 va undan yuqori bo‘lgan shaxmatchilar uchun to‘lov 300 ming so‘m;
  • FIDE reytingi 2000-2199 bo‘lgan shaxmatchilar uchun 350 ming so‘m;
  • FIDE reytingi 1800-1999 bo‘lgan shaxmatchilar uchun 400 ming so‘m.

«B» guruhi uchun (1-maygacha to‘lanadi):

  • FIDE reytingi 1800-1999 bo‘lgan shaxmatchilar uchun 250 ming so‘m;
  • FIDE reytingi 1600-1799 gacha bo‘lgan shaxmatchilar uchun 300 ming so‘mni tashkil etadi;
  • FIDE reytingi 1599 va undan past bo‘lgan shaxmatchilar uchun 350 ming so‘mni tashkil etadi.

FIDE reytingiga ega bo‘lmagan shaxmatchilar uchun badal 400 ming so‘mni tashkil etadi. 60 yoshdan oshganlar va jismoniy nogironligi bor shaxslar uchun 50 foiz chegirma taqdim etiladi.

Xorijlik ishtirokchilar uchun toʻlovlar «A», «B» guruhlari uchun $100 etib belgilangan. To‘lov muddati 25-aprelgacha.

60-yoshdan oshgan nuroniylar va jismoniy nogironligi bor shaxslar uchun 50 foiz chegirma taqdim etiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Javohir Sindarov Titled Tuesday turniri g‘olibiga aylangani haqida yozgandi.

Shuningdek