Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi
eʼlon qilindi

28-mart kuni soat 06:17:53 da Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida 3,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishining episentri 41,67 N, 71,75 E koordinatalarda, 10 km chuqurlikda joylashgan.
Zilzilaning episentr nuqtasi Toshkent shahridan 216 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, u yerda yer osti silkinishlari 5 ball kuch bilan sezilgan.
O‘zbekiston hududida esa zilzila sezilish kuchi quyidagicha qayd etildi:
- Yangiqo‘rg‘on tumanida – 2 ball (45 km masofada)
- Kosonsoy tumanida – 2 ball (53 km masofada)
- Chortoq tumanida – 2 ball (54 km masofada)
Hozircha zilzila natijasida talafotlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Mahalliy mutasaddi tashkilotlar vaziyatni kuzatib borishmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda yer qimirlagani haqida xabar bergan edi.