Yangiliklar

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi

Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezildi/ Foto: Unsplash

28-mart kuni soat 06:17:53 da Qirg‘iz Respublikasining Jalolobod viloyatida 3,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Seysmologik ma’lumotlarga ko‘ra, yer silkinishining episentri 41,67 N, 71,75 E koordinatalarda, 10 km chuqurlikda joylashgan.

Zilzilaning episentr nuqtasi Toshkent shahridan 216 km shimoliy-sharqda joylashgan bo‘lib, u yerda yer osti silkinishlari 5 ball kuch bilan sezilgan.

O‘zbekiston hududida esa zilzila sezilish kuchi quyidagicha qayd etildi:

  • Yangiqo‘rg‘on tumanida – 2 ball (45 km masofada)
  • Kosonsoy tumanida – 2 ball (53 km masofada)
  • Chortoq tumanida – 2 ball (54 km masofada)

Hozircha zilzila natijasida talafotlar yoki jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Mahalliy mutasaddi tashkilotlar vaziyatni kuzatib borishmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Andijonda yer qimirlagani haqida xabar bergan edi.