O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

eʼlon qilindi
Poytaxtda Hayit namozi ertalabki soat 6:30 da oʻqiladi
Ramazon hayiti namozi vaqtlari e’lon qilindi. Foto: ikurucan / depositphotos.com

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti munosabati bilan 30-mart, yakshanba kuni o‘qiladigan hayit namozi vaqtlari haqida rasmiy ma’lumot berdi. Unga koʻra, poytaxtda Hayit namozi ertalabki 6:30 da oʻqiladi.

Mamlakatning boshqa hududlarida quyidagi vaqtlarda oʻqiladi:

  • 06:20 – Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlari;
  • 06:30 – Toshkent shahri va Toshkent viloyati;
  • 06:40 – Samarqand, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari;
  • 06:45 – Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlari;
  • 06:50 – Buxoro, Navoiy viloyatlari;
  • 07:05 – Xorazm viloyati;
  • 07:15 – Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

Avvalroq O‘zbekiston musulmonlari idorasi Ramazon hayiti aynan 30-mart, yakshanba kuniga to‘g‘ri kelishi kutilayotganini ma’lum qilgan edi.

Shuningdek