O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlari Olmaotada norasmiy uchrashuv o‘tkazadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
29-mart kuni
Shavkat Mirziyoyev, Qasim-Jomart Toqayev
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga oliy darajadagi norasmiy uchrashuvga boradi / Foto: Prezident matbuot xizmati

29-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayevning taklifiga binoan Olmaotaga boradi. Prezidentlar oliy darajadagi norasmiy uchrashuv o‘tkazadi.

Ushbu tashrif doirasida ikki mamlakat delegatsiyalari o‘rtasida qo‘shnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini mustahkamlash masalalari muhokama qilinadi. Xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga ega dolzarb masalalar ham ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, uchrashuvda savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xo‘jaligi sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish hamda hududlararo aloqalarni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, oxirgi marta bunday uchrashuv 2024-yil aprel oyida Xiva shahrida bo‘lib o‘tgandi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan ikkala davlat rahbarlari bir-birini Navro‘z bayrami bilan tabriklagani haqida yozgandi.

Shuningdek