Mirziyoyev va Kaya Kallas Samarqand sammiti oldidan YeI bilan munosabatlarni mustahkamlashni muhokama qildi

eʼlon qilindi
O‘zbekiston va YeI bitimi hamda JSTga qo‘shilish muhokama etildi
Shavkat Mirziyoyev
Foto: Prezident matbuot xizmati

27-mart kuni Shavkat Mirziyoyev Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Kaya Kallas prezidentga Yevropa kengashi prezidenti Antoniu Koshta va Yevropa komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayenning samimiy salom va tilaklarini yetkazdi.

Suhbat davomida 3-4-aprel kunlari Samarqandda bo‘lib o‘tadigan «Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi» sammitiga tayyorgarlik muhokama qilindi. Savdo, transport, raqamlashtirish, ekologiya va infratuzilmani modernizatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Shuningdek, O‘zbekistonning Yevropa Ittifoqi bilan kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik bitimini imzolash hamda mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilish jarayonlari muhokama qilindi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Kaya Kallas 27-mart kuni Ashxobodda boʻlib oʻtadigan «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» 20-vazirlar yigʻilishida ishtirok etganidan soʻng Toshkentga tashrif buyurishi haqida yozgandi.

Shuningdek