Svet va gaz narxi may oyidan oshiriladi

eʼlon qilindi
Energetika vazirligi xabar berdi
Tabiiy gaz uchun bazaviy me’yor
Foto: Pexels.com

O‘zbekistonda elektr energiyasi va tabiiy gaz narxlari oshirilishi bir oyga kechikdi. Bu haqda Energetika vazirligi «Kursiv» nashriga xabar berdi.

2024-yil 16-apreldagi qarorga ko‘ra, narxlar oshirilishining ikkinchi bosqichi 1-aprelga rejalashtirilgandi. Shavkat Mirziyoyev hukumatga narxlar oshirilishini bir oyga kechiktirish topshirig‘ini berganidan so‘ng, ushbu jarayon 1-maydan amalga oshirilishi belgilandi.

1-maydan narxlar quyidagicha o‘zgaradi:

Elektr energiyasi

Ovqat tayyorlash uchun markazlashgan tarzda elektr plitalar bilan jihozlangan koʻp qavatli uylardagi xonadonlar va yotoqxonalar uchun ijtimoiy me’yor doirasida, ya’ni oyiga 200 kVt/soatgacha elektr energiyasi 300 soʻmdan yetkazib beriladi. Me’yordan oshganda tabaqalashgan tariflar oyiga 201 kVt/soatgacha 1000 kVt/soatgacha 500 soʻm, 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 750 soʻm, 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 875 soʻm, 10 000 kVt/soatdan keyin 1000 soʻmni tashkil etadi.

Qolgan maishiy iste’molchilar uchun ijtimoiy me’yor doirasidagi (oyiga 200 kVt/soatgacha) tarif 600 soʻm boʻladi. Oyiga 201 kVt/soatdan 1000 kVt/soatgacha 1000 soʻm, 1000 kVt/soatdan 5000 kVt/soatgacha 1500 soʻm, 5000 kVt/soatdan 10 000 kVt/soatgacha 1750 soʻm, 10 000 kVt/soatdan keyin 2000 soʻmni tashkil etadi.

Tabiiy gaz

Isitish mavsumida – noyabr-fevral oylarida aholi xonadonlari uchun ijtimoiy me’yor doirasida, ya’ni oyiga 500 kub metrgacha boʻlgan tabiiy gaz iste’moli uchun tarif 1 kubometr uchun 1000 soʻmni tashkil etadi. Oyiga 500 kubometrdan 2500 kubometrgacha – 1800 soʻm, 2500 kubometrdan 5000 kubometrgacha 2100 soʻm, 5000 kubometrdan 10 000 kubometrgacha 2500 soʻm, 10 ming kubometrdan keyin 3000 soʻmlik tarif amal qiladi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namanganda ovqatlanish shoxobchasi 580 million so‘mlik tabiiy gazni talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek