Tailandda zilzila tufayli fond birjasi savdoni to‘xtatdi
eʼlon qilindi
Ko‘p qavatli uylardan aholini evakuatsiya qilish davom etmoqda

Tailand fond birjasi kuchli zilzilalar tufayli savdolarni to‘xtatdi. Bu haqda birja saytida ma’lum qilindi.
Bangkokdagi ko‘p qavatli uylardan aholi evakuatsiya qilinmoqda. Avvalroq poytaxtdagi ko‘p qavatli uylardan biri zilzila tufayli qulagandi.
Eslatib o‘tamiz, Tailandda 4,2 magnitudali zilzila qayd etildi. Zilzila epitsentri qo‘shni Myanmada bo‘lib, u yerda 7,7 magnitudani tashkil qilgan.
Avvalroq «Kursiv» Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila O‘zbekistonning ayrim hududlarida ham sezilgani haqida yozgandi.