Grok chat-boti Androidʼda eng ko‘p yuklab olingan ilovaga aylandi

Ilon Mask oʻzining xAI kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan Grok chat-boti Androidʼda eng koʻp yuklab olingan bepul ilovalar orasida birinchi oʻrinni egallaganini ma’lum qildi.
Soʻnggi ma’lumotlarga koʻra, Grok ikkinchi oʻrinni egallagan TikTokʼni ortda qoldirdi, ChatGPT esa uchinchi oʻrinni egalladi.
Yaqinda Grok Telegramʼga integratsiya qilindi va qoʻshimcha toʻlovsiz Premium obunasi bilan foydalanuvchilar uchun mavjud boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Pavel Durov messenjerning oyiga 1 milliarddan ortiq faol foydalanuvchisi borligini ma’lum qilgandi. Biroq Grokʼning ba’zi funksiyalari hozircha bot dastlab paydo boʻlgan X ijtimoiy tarmogʻi uchun eksklyuziv boʻlib qolmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Ilon Mask Grokʼning ChatGPTʼdan farq qiladigan asosiy xususiyatini aytgani haqida xabar bergan edi.