Hayit namozi munosabati bilan Toshkentdagi ayrim koʻchalar vaqtincha yopiladi

Hayit namozini tartibli va yuqori saviyada oʻtkazish, shuningdek, fuqarolar uchun qulaylik va xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 30-mart kuni soat 00:00 dan 07:30 gacha Toshkentning bir qator koʻchalarida avtotransport harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmati ma’lum qildi.
Transport harakati quyidagi koʻcha va yoʻllarda vaqtincha toʻxtatiladi:
Mirzo Ulugʻbek tumani
«Toʻra buva» masjidi oldidagi Buyuk Ipak yoʻli koʻchasi – Shoʻrtepa koʻchasidan, Buyuk Ipak yoʻli – Sultoniya koʻchasigacha.
Bektemir tumani
«Xoʻton» masjidi oldidagi Bektemir shoh koʻchasi – Husayn Boyqaro koʻchasidan Bektemir yoʻli koʻchasigacha.
Olmazor tumani
«Islomobod» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi – KHAY – Sagʻbon koʻchalari chorrahasidan, Nurafshon – Sagʻbon koʻchalari chorrahasigacha;
«Hazrati imom» masjidi oldidagi Qorasaroy koʻchasi – Qorasaroy – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy koʻchalari chorrahasigacha;
«Doʻstjonboy» masjidi oldidagi Sagʻbon-Sagʻbon 12-tor koʻchalari kesishmasidan, Keles yoʻli-Noraztepa koʻchalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani
«Shayx Zayniddin» masjidi oldidagi Koʻkcha Darvoza – Nurafshon koʻchalari chorrahasidan Koʻkcha Darvoza – Beshqayragʻoch koʻchalari chorrahasigacha;
«Xoʻja Allambardor» masjidi oldidagi Bunyodkor – Kamolon koʻchalari chorrahasidan Kamolon – Ustazoda 2-tor koʻchalari chorrahasigacha;
«Kox ota» masjidi oldidagi Sebzor koʻchasi – Nurafshon – Sebzor koʻchalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak koʻchalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani
«Ubay ibn Kaʼb» masjidi oldidagi Al-Xorazmiy koʻchasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha;
«Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf» masjidi oldidagi Soʻgalli ota koʻchasi – Al-Xorazmiy – Soʻgalli ota koʻchalari kesishmasidan Xonabod 2-berk koʻchasidan – Soʻgalli ota koʻchasigacha;
«Novza» masjidi oldidagi Bunyodkor – Muqimiy koʻchalari kesishgan koʻprik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha boʻlgan yoʻlda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani
«Abdulloh ibn Ma’sud» masjidi oldidagi Lutfiy koʻchasi – Lutfiy – Xirmontepa koʻchalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa’ni koʻchalari chorrahasigacha;
«Hazrati Ali» masjidi Nazarbek-Mahorat koʻchalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor koʻchalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani
«Minor» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi – KHAY va Koʻrgazma koʻchalari chorrahasidan KHAY –Sh.Rashidov koʻchalari chorrahasigacha;
«Mirzo Yusuf» masjidi oldidagi Bogʻishamol koʻchasi – Bogʻishamol koʻchasidan Shivli koʻchasigacha.
Yakkasaroy tumani
«Usmon bin Maʼzun» masjidi oldidagi KHAY koʻchasi – KHAY – Qushbegi chorrahasidan KHAY – Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasigacha.
Sergeli tumani
«Nurul Islom» masjidi oldidagi THAY-Fayzli Toshkent koʻchalari chorrahasidan, THAY-Qumariq koʻchalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani
«Islom ota» masjidi oldidagi Fargʻona yoʻli koʻchasi – Fargʻona yoʻli – Fitrat koʻchalari chorrahasidan Fargʻona yoʻli – Tolimarjon koʻchalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani
«Qoʻyliq ota» masjidi oldidagi THAY koʻchasi – Qoʻyliq bozori koʻprik ostidan THAY va Munis koʻchalari chorrahasigacha cheklanadi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.