Myanmadagi zilzila qurbonlari soni ming kishidan oshdi

eʼlon qilindi
2,3 ming nafardan ortiq aholi turli tan jarohati olgan
Землетрясение в Мьянме
Myanmadagi zilzila qurbonlari soni ming nafardan oshdi. Foto: CNN

Myanmada zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni ming nafardan oshdi, deb xabar bermoqda BBC.

Ma’lum qilinishicha, 2,3 ming nafardan ortiq aholi turli tan jarohati olgan. Nashrning aniqlik kiritishicha, qulash oqibatlari bartaraf etilishi bilan qurbonlar soni ortishi mumkin.

Eslatib oʻtamiz, bir kun avval Myanmada 7,7 magnitudali zilzila sodir boʻlgandi. Yer silkinishlari Tailandda ham qayd etilgan.

Shu munosabat bilan Bangkokda koʻp qavatli uylardan aholini evakuatsiya qilish e’lon qilindi. Shuningdek, Tailand fond birjasi oʻz ishini toʻxtatdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tailanddagi Oʻzbekiston fuqarolari ogohlantirilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek