Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 14 foizga oshdi

eʼlon qilindi
Davlatlar o‘rtasida umumiy qiymati $4 milliarddan ziyod investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi
Узбекистан и Казахстан, флаги
Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 14 foizga oshdi. Foto: prezident matbuot xizmati

Oʻzbekiston va Qozogʻiston oʻrtasida tovar ayirboshlash hajmi 14 foizga oshdi. Bu haqda ikki davlat rahbarlarining Olmaota shahridagi norasmiy uchrashuvida ma’lum qilindi.

Ta’kidlanishicha, uchrashuvda ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida Oʻzbekiston – Qozogʻiston yaxshi qoʻshnichilik, strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini izchil mustahkamlash masalalari atroflicha koʻrib chiqildi.

Davlatlar oʻrtasida umumiy qiymati $4 milliarddan ziyod investitsiya loyihalari portfeli shakllantirildi, yaqin hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuv rivojlanmoqda.

Shuningdek, davlat rahbarlari Oʻzbekiston va Qozogʻiston bosh vazirlari oʻrinbosarlarining oʻzaro savdoni koʻpaytirish, mashinasozlik, elektrotexnika, neft-gaz, toʻqimachilik, qishloq xoʻjaligi va boshqa ustuvor tarmoqlarda yetakchi korxonalarning kooperatsiya loyihalarini ilgari surish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi hisobotlarini tingladi.

Joriy yilda Xalqaro sanoat kooperatsiyasi markazini ishga tushirish boʻyicha amaliy ishlarni boshlash, qoʻshma tashqi savdo kompaniyasi faoliyatini kengaytirish muhimligi qayd etildi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Qozogʻiston prezidentlari «Medeu» togʻ-changʻi klasteriga tashrif buyurgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek