Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi $64,1 milliardga yetdi

eʼlon qilindi
Shundan $33,9 mlrd davlat tomonidan kafolatlangan qarzlar bo‘lsa, $30,2 mlrd korporativ tashqi qarz hisoblanadi
Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi $64,1 milliardga yetdi. Foto: Vitalily73/Depositphotos.com

Oʻzbekistonning umumiy tashqi qarzi $64,1 milliardga yetdi. Bu haqda Markaziy bankning 2024-yil uchun Oʻzbekistonning toʻlov balansi, xalqaro investitsiyaviy mavqeyi va tashqi qarzi boʻyicha hisobotida ma’lum qilindi.

Ma’lum qilinishicha, shundan $33,9 mlrd davlat tomonidan kafolatlangan qarzlar boʻlsa, $30,2 mlrd korporativ tashqi qarz hisoblanadi. 2023-yil bilan solishtirganda, davlat qarzi $4,2 mlrd korporativ qarz esa $6,6 mlrdga oshgan.

Markaziy bank hisobotida qayd etilishicha, soʻnggi yillarda korporativ tashqi qarz miqdori tezroq oʻsmoqda. Bu esa mamlakat kompaniyalarining xalqaro moliya bozorlaridagi faolligini oshirayotganini anglatadi. Masalan, portfel investitsiyalarning sof jalb qilinishi, asosan, xalqaro obligatsiyalar bilan bogʻliq operatsiyalar hisobiga 3,1 barobarga koʻpayib, 3,1 mlrdni tashkil qildi.

Shuningdek, 2024-yilda Oʻzbekistonga toʻgʻridan toʻgʻri sof xorijiy investitsiyalar oqimi $2,8 mlrdga yetib, 2023-yilga nisbatan 32 foizga oshdi.

Oʻzbekistonning xalqaro zaxiralari esa $41,2 mlrdga yetdi, yil davomida $6,6 mlrdga oshdi. Bunda asosiy omil sifatida jahon bozorida oltin narxining sezilarli oʻsishi koʻrsatilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston $5,5 millard tashqi qarz olishi mumkinligi haqida yozgan edi. 

Shuningdek