Shavkat Mirziyoyev Olmaotada qanday kutib olindi – foto
eʼlon qilindi
Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi

Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Olmaota shahriga keldi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarini Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev kutib oldi. Oʻzbekiston yetakchisi tashrifi sharafiga faxriy qorovul saflandi va ikki mamlakat bayroqlari koʻtarildi.

Bugun prezidentlar norasmiy uchrashuv oʻtkazadi. Kun tartibidan savdo, sanoat kooperatsiyasi, transport va logistika, energetika, qishloq va suv xoʻjaligi sohalarida amaliy hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, faol hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari oʻrin olgan.


Avvalror Kursiv Uzbekistan mamlakatlar prezidentlari Olmaotada norasmiy uchrashuv o‘tkazishi haqida xabar bergan edi.