Britaniyalik ekspertlar yilning eng yaxshi 5 smartfonini eʼlon qildi

30-mart 2025 10:55 eʼlon qilindi

Mirjalol Norqobilov

Mirjalol Norqobilov

Muxbir m.norqobilov@kursiv.media
Britaniyalik ekspertlar yilning eng yaxshi 5 smartfonini eʼlon qildi. Foto: The Telegraph

The Telegraph nashri ekspertlari Android va iPhone smartfonlari bozorini tahlil qilib, turli jihatlar boʻyicha eng yaxshi modellarni aniqladi.

Eng yaxshi iPhoneʼlar

Apple har yili faqat bir nechta yangi modelni chiqarishi sababli eng yaxshi beshlikni aniqlash nisbatan oson boʻldi. Mutaxassislar quyidagi smartfonlarni eng yaxshilari deb topdi:

  • Eng yaxshi iPhone – iPhone 16;
  • Eng yaxshi narx/sifat nisbati – iPhone 16e;
  • Eng yaxshi kamera – iPhone 16 Pro;
  • Eng katta ekranli iPhone – iPhone 16 Pro Max;
  • Eng bardoshli batareya – iPhone 16 Plus.

Eng yaxshi Android-smartfonlar

Android telefonlari orasida kutilmagan tanlovlar ham boʻldi. Britaniya bozorida har doim ham Xitoyning mashhur brendlari keng tarqalmaganligi natijalarga taʼsir qildi.

Ekspertlar tomonidan eng yaxshilar deb tanlangan Android-smartfonlar:

  • Eng yaxshi Android-smartfon – Samsung Galaxy S25 Ultra;
  • Eng yaxshi narx/sifat nisbati – Google Pixel 9;
  • Eng yaxshi dasturiy taʼminot – Google Pixel 9 Pro;
  • Eng yaxshi batareya quvvati – OnePlus 13;
  • Eng yaxshi ixcham smartfon – Samsung Galaxy S25.

Eslatib oʻtamiz, 2024-yilda smartfonlar savdosi boʻyicha Samsung dunyo bozorida yetakchi boʻldi. Shuningdek, kuchli uchlikka, Xiaomi va Apple ham kirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilning eng ishonchli va uzoq xizmat qiladigan smartfonlari reytingi e’lon qilingani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek