Centrum Air Toshkent va Qozon oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Chiptalar narxi 1,3 mln so‘mdan boshlanadi

Centrum Air aviakompaniyasi 30-martdan boshlab Toshkent va Qozon oʻrtasida muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi. Bu haqda Gabdulla Toʻqay nomidagi Qozon aeroporti matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, ikki shahar oʻrtasidagi parvozlar haftasiga ikki marta – chorshanba va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. Chiptalar narxi 1,3 mln soʻmdan boshlanadi.
Yoʻlovchilarni tashish uchun 180 kishini tashish imkoniyatiga ega Airbus A320 avialayneridan foydalaniladi. Parvoz davomiyligi 3,5 soat atrofida boʻladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan aprel oyi boshidan Uzbekistan Airways Toshkentdan Madridga parvozlarni yoʻlga qoʻyishi haqida xabar bergan edi.