ChatGPT yanada takomillashmoqda: OpenAI maʼlumotlarga ichki havolalarni qoʻshmoqda

OpenAI ChatGPT imkoniyatlarini kengaytirib, foydalanuvchilarga ichki maʼlumotlar manbalariga murojaat qilish, semantik qidiruv amalga oshirish va korporativ atamalardan foydalanish imkonini taqdim qilmoqda.
«Hozircha administratorlar Google Driveʼni ulashlari mumkin, kelajakda esa CRM tizimlari va tahlil platformalarini qoʻllab-quvvatlash rejalashtirilmoqda» — deya maʼlum qildi OpenAI mahsulot menejeri Neyt Gonsales.
Shuning uning taʼkidlashicha, ChatGPT vaqt oʻtishi bilan tashkilot tili va kasbiy atamalarni oʻrganib boradi. Shu bilan birga, barcha foydalanuvchi ruxsatlari saqlanib qoladi.
OpenAI allaqachon Google Drive va OneDriveʼdan hujjatlarni yuklab olish imkoniyatini taqdim etgan, Glean va ServiceNow kabi kompaniyalar esa SI asosidagi korporativ qidiruv tizimlarini rivojlantirmoqda.
Maʼlumotlarga kirishni boshqarish tizimi jamoa hajmiga bogʻliq. Kichik guruhlar kirish sozlamalarini mustaqil oʻzgartira oladi, yirik kompaniyalarda esa bu huquq administratorga tegishli. Har qanday holatda ham ChatGPT ulangan manbalardan foydalanish zaruriyatini avtomatik aniqlaydi yoki «Ichki bilimlar» opsiyasini qoʻlda faollashtirish imkonini beradi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan ChatGPT’da keng qamrovli tadqiqot funksiyasi ishga tushirilgani haqida xabar bergan edi.