Fevral oyida isteʼmolchilarga 86,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi

eʼlon qilindi
Bu summa 116,4 mln chek boʻyicha shakllangan
Fevral oyida isteʼmolchilarga 86,9 mlrd soʻm keshbek toʻlandi. Foto: Soliq

Oʻzbekiston boʻylab 2025-yil fevral oyida isteʼmolchilarga jami 86,9 mlrd soʻm keshbek qaytarildi. Bu summa 116,4 mln chek boʻyicha shakllangan, deya xabar berdi Soliq qoʻmitasi matbuot xizmati.

Hududlar kesimida eng katta keshbek miqdori Toshkent shahrida qayd etildi – 37,6 mlrd soʻm. Ikkinchi oʻrinda 8,4 mlrd soʻm bilan Toshkent viloyati joylashdi. Kuchli uchlikni 7,4 mlrd soʻm bilan Samarqand viloyati yakunladi.

Foto: Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati

Shuningdek, Fargʻona viloyatida 5,3 mlrd soʻm, Andijon viloyatida esa 4 mlrd soʻm miqdorida keshbek toʻlangan.

Eslatib oʻtamiz, yanvar oyida isteʼmolchilarga 118,5 mln chek uchun 92,6 mlrd soʻm keshbek qaytarilgan edi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilda isteʼmolchilarga 1 trln soʻmdan ortiq keshbek toʻlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek