Markaziy bank yana bitta mikromoliya tashkilotini roʻyxatdan oʻtkazdi

eʼlon qilindi
Biznesga ko‘maklashish mikromoliya tashkiloti reyestrga kiritildi
Центробанк Узбекистана
O‘zbekiston Markaziy banki binosi. Foto: Reuters / Mukhammadsharif Mamatkulov

Biznesga koʻmaklashish mikromoliya tashkiloti masʼuliyati cheklangan jamiyati mikromoliya tashkilotlari reyestriga kiritildi. Bu haqda Markaziy banki matbuot xizmati xabar berdi.

Joriy yilning mart oyi oʻrtalarida Markaziy bank uchta mikromoliya tashkiloti — Barakala Mikrofinance, Enterprise Finance Mikromoliya tashkiloti, Finanzaʼni roʻyxatdan oʻtkazgan edi.

Maʼlumot uchun, oʻtgan yili mikromoliya tashkiloti va lombardlarning foydasi 1 trln soʻmga yetdi. Ularning tushumlari hajmi 3,4 trln soʻmni, jami kapitali esa 2,87 trln soʻmni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Delta mikromoliya tashkiloti 10 mlrd soʻmlik obligatsiyalarini savdoga chiqarishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek