Shavkat Mirziyoyev Myanmada yuz bergan zilzila munosabati bilan hamdardlik bildirdi

eʼlon qilindi
Halok boʻlganlar soni ming nafardan oshdi
Foto: Reuters

Shavkat Mirziyoyev Myanmada sodir boʻlgan kuchli zilzila tufayli koʻplab insonlarning halok boʻlgani va talafotlar yetkazilgani munosabati bilan ushbu mamlakat rahbari General Min Aung Hlaingga hamdardlik maktubi yoʻlladi.

Davlat rahbari zilzila qurbonlarining yaqinlariga chuqur taʼziya bildirib, Myanma xalqiga dalda soʻzlarini yoʻlladi.

28-mart kuni Myanmada sodir boʻlgan 7,7 magnitudali zilzila oqibatida halok boʻlganlar soni ming nafardan oshdi. Tabiiy ofat koʻpriklar, aeroportlar va boshqa infratuzilmaga katta zarar yetkazdi.

Zilzila episentri Mandalay shahri gʻarbida joylashgan boʻlib, uning taʼsiri poytaxt Neypido va boshqa yirik shaharlarda ham sezildi. Oʻzbekistonning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi Myanma va Tailandda roʻy bergan zilzila oqibatida Oʻzbekiston fuqarolari jabrlanmagani haqida maʼlum qildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Myanmadagi zilzila qurbonlari soni ming kishidan oshgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek