TIV: Svi Kogan ishi bo‘yicha o‘zbekistonliklarga o‘lim jazosi tayinlangani haqidagi ma’lumot aniqlashtirilmoqda

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Isroil gumonlanuvchilarga chiqarilgan hukmni tasdiqladi
убийство Цви Когана
Svi Kogan. Foto: Reuters

Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi (TIV) ravvin Svi Koganni oʻldirishda gumonlanayotgan uch nafar oʻzbekistonlikka oʻlim jazosi berilishi mumkinligi haqidagi ma’lumotni aniqlashtirmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati Kursiv Uzbekistonʼga xabar berdi.

Ynet nashrining yozishicha, Isroil rasmiylari BAA tomonidan oʻzbekistonlik gumonlanuvchilarga oʻlim jazosi tayinlangani haqidagi ma’lumotni tasdiqlagan.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda gumonlanuvchidan biri onasiga oʻzi va sheriklari uchun oʻlim jazosi tayinlangani haqida gapirayotgani aks etgan audioyozuv paydo boʻlgandi. Ammo uning haqiqiyligi rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib oʻtamiz, BAAda istiqomat qilgan ravvin Svi Kogan 2024-yil 21-noyabr kuni bedarak yoʻqolgan va uch kundan soʻng uning jasadi topilgan edi. Jinoyatda gumonlanuvchi uch nafar oʻzbekistonlik Turkiyaga qochgan, lekin keyinchalik BAAga ekstraditsiya qilingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yil oxirida oʻzbekistonlik diplomatlar vatandoshlarini BAAga kiritmaslik muammosini muhokama qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek