Yuzlab namoyishchilar AQSh va Yevropada Tesla avtosalonlari oldida norozilik mitinglarini oʻtkazdi

29-mart kuni AQSh va Yevropaning bir qator shaharlarida Ilon Mask va uning Samaradorlik departamentidagi (DOGE) faoliyatiga qarshi namoyishlar boʻlib oʻtdi, deb yozmoqda Bloomberg.
Maʼlum qilinishicha, namoyishchilar hukumatdagi tozalashni toʻxtatishni talab qilib, Teslaʼning 277 ta shourumini oʻrab olgan. AQShda norozilik namoyishlari Nyu-York, Texas, Vashington, Chikago va boshqa shtatlarni qamrab oldi. Yevropada mitinglar kamroq koʻlamli, ammo taʼsirchanroq boʻldi.
Tashkilotchilar aksiya tinch oʻtkazilishini taʼkidlagan boʻlsa-da, Germaniyada yettita Tesla avtomobilini yoʻq qilgan yongʻin tergov qilinmoqda. AQShda ham ilgari shunday holatlari qayd etilgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Tesla savdosi pasaymoqda, kompaniya aksiyalari esa Donald Trampning gʻalabasidan keyin qayd etilgan oʻsishni deyarli toʻliq yoʻqotdi. Shunday boʻlsa-da, Maskning kelgusi yilda 10 million dona avtomobil sotishga vaʼda bermoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Tesla elektromobillarining Yevropa bozoridagi savdosi 39,2 foizga kamaygani haqida xabar bergan edi.