1-apreldan yer uchastkalari uchun ijara huquqini olish bo‘lib-bo‘lib to‘lanmaydi

eʼlon qilindi
To‘lovlar 15 ish kuni ichida amalga oshirilishi lozim
Foto: Facebook

Qishloq xo‘jaligida yer resurslaridan samarali foydalanish choralari bo‘yicha qaror qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi yerlarini ijara asosida ajratish jarayoni birmuncha soddalashtiriladi. Endilikda elektron auksion savdolari qisqa muddatlarda o‘tkaziladi, takroriy savdolarda esa yagona talabgor bo‘lsa, unga yer ajratish imkoniyati beriladi.

Shuningdek, har bir takroriy savdoda boshlang‘ich narx bosqichma-bosqich pasaytirilib, 20 foizgacha tushirilishi mumkin. 2025-yil 1-apreldan boshlab, yer uchastkalari uchun ijara huquqini olishda bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati bekor qilinib, to‘lovlar 15 ish kuni ichida amalga oshirilishi shart bo‘ladi.

Bundan tashqari, 2025 – 2026-yillarda auksionga chiqariladigan yerlarning 10 – 20 foizi chorvachilik uchun yem-xashak yetishtirish sharti bilan savdoga qo‘yiladi. Bu choralar qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va resurslardan oqilona foydalanish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Jahon banki va O‘zbekiston Markaziy Osiyoda yer degradatsiyasiga qarshi kurashishi haqida yozgan edik.

Shuningdek