Andijondagi masjidlardan birida gaz portlashi sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Hodisa oqibatida olti kishi jabrlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqdan olindi

Andijon viloyati Izboskan tumanidagi masjidlardan birida havo-gaz aralashmasi portlashi sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, masjid Mirzo Ulug‘bek nomidagi mahalla hududida joylashgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, olti kishi jabrlandi. Hodisa joyiga viloyat FVV xodimlari va boshqa idoralar rahbarlari yetib borgan. Hozirgi kunda hodisaning asl sabablari aniqlanmoqda.

Video: Ijtimoiy tarmoqdan olindi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanmada kuchli zilzila yuz bergan edi.

Shuningdek