BMW X5 Protection VR6 bronli avtomobili taqdim etildi

eʼlon qilindi
Avtomobil 3 tonnadan ortiq vaznga ega
Foto: BMW Group

BMW o‘zining yangi X5 Protection VR6 modelini taqdim etdi. Bu haqda Speed Me nashri ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu bronli yo‘ltanlamas VR6 himoya darajasiga ega bo‘lib, o‘qotar qurollar va kichik portlashlardan himoya qila oladi.

Foto: BMW Group

Avtomobil tashqi ko‘rinishi jihatidan BMW X5 M60i modeliga o‘xshash, biroq uning eshiklari, tomi, poldagi qismi va oynalari mustahkamlangan, yonilg‘i baki esa o‘zini avtomatik himoya qilish xususiyatiga ega.

3275 kg vaznga ega bo‘lishiga qaramay 4,4 litrli V8 dvigatel avtomobilni 5,9 soniyada 100 km/soat tezlikka chiqaradi. Maksimal tezlik esa 210 km/soat bilan cheklangan.

Foto: BMW Group

BMW X5 Protection VR6 AQShning Spartanburg zavodida ishlab chiqariladi va standart X5 G05 kabi zamonaviy interyerga ega. Model aloqa tizimi, xavfsizlik boshqaruvi va favqulodda tugma bilan jihozlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq BYD kompaniyasi Denza N9 modelini taqdim etgan edi.

Shuningdek