«Bornmut» – «Manchester Siti» o‘yinida Husanov sariq kartochka oldi

30-mart kuni, Bornmut shahridagi «Vitaliti» stadionida Angliya Kubogi 1/4 final bosqichida «Bornmut» va «Manchester Siti» jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. O‘yin «shaharliklar» foydasiga 1:2 hisobda yakunlandi, deya yozmoqda Goal nashri.
Unga ko‘ra, «Manchester Siti» hujumchisi Erling Holand ikki bor hisobni ochish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

12-daqiqada hakam «Bornmut» futbolchisi Adamsning qo‘li bilan o‘ynaganini aniqlab, mehmonlar foydasiga penalti belgiladi. Holand to‘pni pastdan o‘ng burchakka yo‘lladi, ammo darvozabon Kepa Arrisabalaga zarbani ushlab qoldi.
16-daqiqada Holand Kepaga qarshi yakkama-yakka vaziyatga chiqdi va to‘pni uning ustidan oshirib o‘tmoqchi bo‘ldi, lekin zarbasi darvoza ustidan o‘tib ketdi.
21-daqiqada «Bornmut» hujumchisi Evanilson Patrik Klyuyvertning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi.
37-daqiqada Abduqodri Husanov Klyuyvertning hujumini to‘xtatish uchun uni yiqitib qo‘ydi va sariq kartochka oldi.
49-daqiqada Husanovning o‘rniga maydonga tushgan O’Rayli jarima maydonchasining chap tomonidan uzoq ustunga zarba yo‘lladi, Holand esa hisobni tenglashtirdi.
63-daqiqada Holandning o‘rniga tushgan Omar Marmush O’Raylining uzatmasidan foydalangan holda «shaharliklar»ni oldinga olib chiqdi.

O‘yin statistikasi: «Bornmut» — «Manchester Siti»
Statistika nomi | Bornmut | Manchester Siti |
---|---|---|
To‘p nazorati (%) | 36 | 64 |
Katta imkoniyatlar | 2 | 5 |
Darvozaga zarbalar | 5 | 17 |
Darvozabon tomonidan qaytarilgan to‘plar | 4 | 0 |
Burchak zarbalari | 2 | 4 |
Qoidabuzarliklar | 14 | 12 |
Uzatmalar soni | 290 | 519 |
To‘p tortib olishlar | 11 | 24 |
Erkin zarbalar | 12 | 3 |
Sariq kartochkalar | 3 | 3 |
Shuningdek, «Manchester Siti» va O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. U 2-bo‘lim boshida maydonni tark etib, o‘rnini Niko O’Rayliga bo‘shatib berdi.
Sofascore portaliga ko‘ra, Husanovning o‘yini 6,5 ball bilan baholandi. Xuddi shu baho gol urgan Erling Holandga ham berildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanov prezidentga «Manchester Siti»dagi formasini sovg‘a qilgan edi.