Izboskandagi gaz portlashi uch kishining hayotiga zomin bo‘ldi

eʼlon qilindi
O‘n nafar fuqaro jarohatlandi
Foto: Ijtimoiy tarmoqdan olindi

31-mart kuni Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi masjid hududidagi tahoratxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatda uch kishi halok bo‘ldi. Bu haqda FVV ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha xizmatlar voqea joyiga zudlik bilan yetib borib, hodisa oqibatlarini bartaraf etish ishlarini olib bormoqda. Tahoratxona devor va tom qismiga zarar yetgani, ammo yong‘in sodir bo‘lmagani ma’lum qilindi.

Hodisa haqida xabar olingach, viloyat hokimi, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari va mutasaddi tashkilotlar voqea joyiga yetib borgan.

Shuningdek, vodiyda xizmat safarida bo‘lgan Bosh vazir o‘rinbosari va Favqulodda vaziyatlar vaziri ham Izboskanga kelgan.

Jabrlangan fuqarolar shifoxonaga yetkazilgan, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Mutasaddi tashkilotlar chaqnash sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdorini aniqlash ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Myanmada kuchli zilzila yuz bergan edi.

Shuningdek