O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasida ittifoqchilik shartnomasi kuchga kirdi

eʼlon qilindi
Oliy darajadagi uchrashuv Xo‘jand shahrida bo‘lib o‘tdi
Foto: President.uz

O‘zbekiston va Tojikiston tashqi siyosat idoralari rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Emomali Rahmon huzurida Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnomaning kuchga kirishi haqidagi bayonnomani imzoladilar va ratifikatsiya yorliqlarini almashdilar. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: President.uz

Unga ko‘ra, mazkur shartnoma 2023-yil 18-aprelda Dushanbe shahrida oliy darajadagi sammitda imzolangan edi. Hujjat ratifikatsiya yorliqlari almashilgan kundan boshlab rasmiy kuchga kirdi.

Foto: President.uz

Shuningdek, tomonlar oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirish doirasida strategik sheriklik va ittifoqchilikni rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Davlat rahbarlari Ramazon hayiti bilan bir-birlarini samimiy tabrikladi.

Foto: President.uz

Ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik yuksak darajaga yetgani qayd etildi. 2024-yilda o‘zaro savdo hajmi $700 mlndan oshdi, sanoat va qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlik kengaymoqda. Hukumatlararo komissiyaning bo‘lajak yig‘ilishida qo‘shma loyihalarni tezlashtirish choralari muhokama qilinadi. Prezidentlar mintaqaviy hamkorlik va kelgusi sammitlarga tayyorgarlik yuzasidan ham fikr almashdilar.

Foto: President.uz

Eslatib o‘tmiz, avvalroq prezident Tojikistonda bayramona tarzda kutib olingani haqida yozgan edik.

Shuningdek