Urganch RANCH Texnologiya universitetining $10 millionlik yangi kampusi ochildi

eʼlon qilindi
Bino 16 ming nafar talabaga mo‘ljallangan
Foto: Xorazm viloyati hokimi

Urganchda RANCH Texnologiya universitetining zamonaviy kampusi ishga tushirildi. Bu haqda Xorazm viloyati hokimi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Xorazm viloyati hokimi

Unga ko‘ra, hokim Jo‘rabek Rahimov ishtirok etgan ochilish marosimida bu loyiha ta’lim sifati va ilmiy jarayonlarni yangi bosqichga olib chiqishi ta’kidlandi.

Foto: Xorazm viloyati hokimi

$10 mln investitsiya jalb qilingan kampus uchun barcha qurilish va jihozlash ishlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan amalga oshirilgan, bu esa mablag‘ni sezilarli tejash imkonini berdi.

Foto: Xorazm viloyati hokimi

Yangi binoda 16 ming nafar talaba uchun qulay sharoit yaratilgan. Universitet yo‘nalishlari soni 36 taga yetkaziladi.

Foto: Xorazm viloyati hokimi

Shuningdek, 400 o‘rinli talabalar turarjoyi foydalanishga topshirildi, kelgusida yana 50 milliard so‘m mablag‘ hisobiga qo‘shimcha yotoqxona qurilishi rejalashtirilgan.

Foto: Xorazm viloyati hokimi

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chirchiqdagi sobiq texnikum binosi o‘rnida zamonaviy gimnaziya tashkil etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek