Yaponiyada mashhur restoran tarmog‘i 2 000 filialini yopdi: sababi – kalamush va hasharotlar

eʼlon qilindi
4-aprelga qadar
Foto: Richard A. Brooks/AFP/Getty Images

Yaponiyaning Sukiya restoran tarmog‘i gigiyena muammolari sababli 2 mingga yaqin filialini vaqtincha yopdi. Bu haqda CNN axborot agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, ushbu qaror Tokiodagi filiallardan birida hasharot topilgani, yanvar oyida esa Tottori shahrida mijoz miso sho‘rvasidan kalamush chiqqani ortidan qabul qilindi.

Kompaniya 31-martdan 4-aprelgacha filiallarni tozalash va zararkunandalarga qarshi kurashish ishlari uchun yopishini e’lon qildi. Hodisadan aziyat chekkan mijozga pul qaytarilgan, shuningdek, barcha filiallarda xavfsizlik choralari kuchaytirilmoqda.

Sukiya Yaponiyada 1 957 ta, chet elda esa 675 ta filialga ega bo‘lib, Zensho Holdings tarkibiga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq qandolat tayyorlash bo‘yicha Jahon kubogida Yaponiya g‘alaba qozongan edi.

Shuningdek