1-aprel kuni havo harorati 30 darajagacha isishi mumkin

1-aprel kuni O‘zbekistonda havo biroz bulutli bo‘lib, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Respublikaning aksariyat hududlarida iliq bahoriy ob-havo davom etadi, deya yozmoqda «O‘zgidromet».
Toshkent shahrida harorat kechasi 10-12° iliq, kunduzi esa 24-26° iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston va Xorazm viloyatlarida kunduzi 25-30° iliq, kechasi esa 10-15° iliq bo‘lishi kutilmoqda. Navoiy va Buxoro viloyatlarida ham shunday harorat saqlanadi.
Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida kunduzi 22-27° iliq, kechasi 7-12° iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa harorat kechasi 10-15° iliq, kunduzi 25-30° iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida kunduzi 20-25° iliq, kechasi esa 7-12° iliq bo‘lishi kutilmoqda.
Tog‘li hududlarda nisbatan salqin bo‘lib, kunduzi 10-15° iliq, kechasi esa 0-5° iliq bo‘ladi. Shamol sharqdan esib, 3-12 m/s tezlikka yetishi mumkin.