Android Auto tizimi avtomobillarda oʻyin oʻynash imkoniyatini yaratdi

1-aprel 2025 11:43 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Avtomobillarda o'yin
Android Auto tizimi avtomobillarda oʻyinlar oʻynash imkoniyatini yaratdi / Foto: 9to5Google

Android Auto tizimi avtomobillarda oʻyinlar oʻynash imkoniyatini taqdim etdi. Bu haqda 9to5Google nashri xabar bermoqda.

Bu funksiya Android Auto 14.1 beta-versiyasiga kiritilgan boʻlib, oʻyinlarni avtomobilning multimedia tizimi orqali ishga tushirish imkoniyatini beradi. Hozirda foydalanuvchilar uchun toʻrtta oʻyin mavjud: Candy Crush, Angry Birds, Farm Heroes Saga va Beach Buggy Racing. Bu oʻyinlar mobil qurilmada saqlanib, avtomobilga ulanish orqali oʻynalishi mumkin.

Oʻyinlar faqat avtomobil toʻxtagan vaqtda ishlaydi. Agar avtomobil harakatga kiritilsa, oʻyinlar darhol yopiladi va ularni qayta ishga tushirish mumkin emas. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida harakatdagi avtomobilda oʻyin oʻynashning oldini olish uchun tizim cheklovlar oʻrnatilgan.

Oʻyinlarni oʻynash uchun, ular Android Auto tizimi bilan ulangan smartfonlarda saqlanishi kerak. Bu yangi funksiya faqat Android Auto tizimi bilan ishlaydigan avtomobillar uchun mavjud.

Shuningdek, Tesla avtomobillarida ham oʻyinlar mavjud. Ammo AQSh hukumati tomonidan belgilangan qoidalar sababli harakatdagi avtomobillarda oʻynash taqiqlangan. Bu cheklovlar oʻyinlarni faqat toʻxtagan holatda oʻynashni kafolatlaydi. Bu yoʻl harakati xavfsizligini oshirishga xizmat qiladi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Google Android smartfonlarida ovozli yordamchi xizmatini oʻchirishi haqida yozgan edi.

Shuningdek