Bojxona omborida saqlash muddati tugagan tovarlar davlat egaligiga o‘tkaziladi
eʼlon qilindi
O‘tkazish punktlarida barcha turdagi yig‘im va to‘lovlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali amalga oshiriladi

2025-yil 1-iyuldan Jahon savdo tashkilotining Savdo tartibotlarini soddalashtirish bitimi asosida tovarlarga imtiyozlarni qo‘llash bo‘yicha bojxona organlarining dastlabki qaror berish tartibi yo‘lga qo‘yiladi.
Shuningdek, 2025-yil 1-sentabrdan:
- O‘tkazish punktlarida barcha turdagi yig‘im va to‘lovlar bojxona organlarining axborot tizimi orqali amalga oshiriladi;
- «G‘ishtko‘prik», «Zangiota» va «Dovut ota» chegara punktlarida xavf darajasiga qarab ikki yo‘lakli davlat nazorati tizimi joriy etiladi;
- «Yashil yo‘lak» – xavf darajasi past bo‘lgan transport vositalari to‘liq bojxona tekshiruvisiz o‘tadi;
- «Qizil yo‘lak» – xavf darajasi yuqori yoki tasodifiy tanlangan transport vositalari to‘liq bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
2026-yil 1-martdan esa bojxona nazorati jarayonlari «Xavflarni boshqarish» axborot tizimi orqali yanada soddalashtiriladi. Shuningdek, bojxona omborida saqlash muddati tugagan va 90 kun ichida talab qilib olinmagan tovarlar sud qaroriga ko‘ra davlat egaligiga o‘tkazilib, qonun doirasida tasarruf etiladi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan tadbirkorlarga bojxona to‘lovlari uchun yagona g‘azna hisobvarag‘i ochililishi haqida xabar bergan edi.