Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi

eʼlon qilindi
Bojxona rasmiylashtiruvi markazi tashkil etiladi
Bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy etiladi / Foto: DALL-E

Prezident qarori bilan bojxona tizimini takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Qarorga muvofiq, 2025-yilda bojxona sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadlari etib quyidagilar belgilandi:

  • sohaga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish;
  • bojxona organlari axborot tizimlarini takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
  • bojxona organlari tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish.

Bojxona qo‘mitasi tizimida Bojxona rasmiylashtiruvi markazi tashkil etiladi. Bunda hududiy boshqarmalarning masofaviy elektron deklaratsiyalash bojxona postlari bosqichma-bosqich tugatiladi.

Shuningdek, bojxona sohasida sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etishga ixtisoslashgan maxsus tuzilma tashkil etiladi. Uning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • sun’iy intellekt texnologiyalari sohasida ilg‘or xorijiy davlatlar tajribalarini o‘rganish;
  • bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini qamrab olgan sun’iy intellekt texnologiyalarini tadqiq qilish, ularning samarali ishlashini ta’minlash hamda doimiy tarzda sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan bojxona omborida saqlash muddati tugagan tovarlar davlat egaligiga o‘tkazililishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek