BAAga turistik safar qilgan O‘zbekiston fuqarolari soni 21,4 foizga oshdi
eʼlon qilindi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-fevral oylarida jami 31,8 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda BAAga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 5,6 ming nafarga yoki 21,4 % ga oshgan.
Joriy yilning yanvar-fevral oylarida BAAga borgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:
- sayyohlik – 27,6 ming nafar
- qarindoshlarni yo‘qlash – 3,7 ming nafar
- xizmat yuzasidan – 291 nafar
- davolanish – 157 nafar
- o‘qish – 36 nafar
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Buyuk Britaniyadan O‘zbekistonga sayyohlar oqimi 30% oshgani haqida xabar bergan edi.