China Southern Airlines O‘zbekistonga parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Haftasiga 7 martagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda
"China Southern Airlines"
«China Southern Airlines» O‘zbekistonga parvozlar chastotasini oshirishni rejalashtirmoqda / Foto: Wikipedia

Xitoyning China Southern Airlines aviakompaniyasi Toshkent – Pekin va Toshkent – Urumchi yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlar chastotasini haftasiga 7 martagacha oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda bu reyslar mos ravishda haftasiga 4 va 5 marta amalga oshirilmoqda.

Mazkur masala China Southern Airlines hamda Uzbekistan Airports kompaniyasi o‘rtasida o‘tkazilgan muzokaralar chog‘ida muhokama qilindi. Uchrashuvda, shuningdek, O‘zbekiston aeroportlariga yangi yo‘nalishlar ochish imkoniyatlari yuzasidan ham fikr almashildi.

Bundan tashqari, Uzbekistan Airports kompaniyasi Andijon, Namangan va Farg‘ona aeroportlaridan Xitoyning turli shaharlariga yangi yo‘nalishlarni ochishni taklif etdi.

China Southern Airlines Guanchjou shahrida joylashgan bo‘lib, ichki, mintaqaviy va xalqaro reyslarni amalga oshiruvchi Xitoyning yetakchi aviakompaniyalaridan biridir.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2025-yilda UzAirways Urumchiga parvozlarni yo‘lga qo‘yishi haqida xabar bergan edi.

Shuningdek