DavAktiv «Kvarts» AJning davlatga qaytarilishi bo‘yicha izoh berdi

eʼlon qilindi
Bu jarayon xususiylashtirish natijalari emasligi ta’kidlandi
Foto: Kvarts.uz

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Kvarts» AJning 89,78% aksiyalar paketi davlat mulkiga qaytarilganiga izoh berdi.

Agentlikning ma’lum qilishicha, 2023-yilda «Quvasoysement» tomonidan 265 mlrd so‘mga sotib olingan aksiyalar bosqichma-bosqich to‘lov sharti bilan berilgan edi. Biroq xaridor to‘lov jadvaliga rioya qilishda qiyinchiliklarga duch kelgan va oldi-sotdi shartnomasini bekor qilish taklifi bilan chiqdi.

2025-yil 14-fevralda tomonlarning kelishuviga ko‘ra shartnoma rasman bekor qilindi va «Kvarts» AJning Kuzatuv kengashi tarkibiga DavAktiv vakillari kiritildi.

Agentlik bu jarayon xususiylashtirish natijalarini qayta ko‘rib chiqish emas, balki shartnoma majburiyatlari bajarilmagani bilan bog‘liq texnik qaror ekanini ta’kidladi. Hozirda korxonani moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq «Kvars» yana davlat nazoratiga oʻtgani haqida batafsil xabar bergan edik.

Shuningdek