Dollarning rasmiy kursi tushadi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
2-apreldan 11,96 so‘mga tushadi
dollar, yevro, rubl
Dollarning rasmiy kursi pasayadi / Foto: Nathan Dumlao / Unsplash

2-apreldan AQSh dollarining rasmiy kursi 11,96 so‘mga tushib, 12 925, 20 so‘mni tashkil etadi. Bu haqda Markaziy bank axborot xizmati xabar berdi.

Mamlakatdagi tijorat banklari bir AQSh dollarini 12 850 – 12 925 so‘mdan sotib olayotgan bo‘lsa, 12 945 – 13 000 so‘m oralig‘ida sotmoqda.

Shu bilan birga, yevro 45,28 so‘mga oshib, 13 982,48 so‘mga yetdi. Rossiya rubli esa 1,97 so‘mga tushib, 152,58 so‘mga teng bo‘ldi.

Kursiv Uzbekistan’ga sharh bergan tahlilchilarning fikricha, yil oxirigacha AQSh dollari 13 700 – 13 800 so‘mga yetishi mumkin.       

Shuningdek