
Samsung Galaxy S25 seriyasi kuchli start oldi. Kompaniya birinchi oyda 4,5 mlndan ortiq Galaxy S25 smartfonlarini sotdi, ularning 50% dan ortig‘i Galaxy S25 Ultra modeliga to‘g‘ri keladi. Bu haqda WCCF Tech nashri ma’lum qildi.
Hana Securities ma’lumotlariga ko‘ra, Samsung 2025-yil fevral oyida 19 mlndan ortiq smartfon yetkazib berdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 15% ko‘p, ammo yanvar oyidan 3% kam. Galaxy S25 Ultra 2,55 mln dona sotilgan bo‘lsa, bazaviy Galaxy S25 1,17 mln, Galaxy S25 Plus esa 840 ming dona xarid qilingan.
Galaxy S24 seriyasi hali ham kunlik savdoda Galaxy S25’ni ortda qoldirmoqda (240 mingga 180 ming), ammo yangi chegirmalar talabni oshirishi mumkin. Samsung yil davomida 37 mln Galaxy S25 ishlab chiqarishni rejalashtirgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Samsung S25 Ultra qanday smartfon ekanligi haqida yozgan edik.