Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tashkent City Mall savdo markazining evakuatsiya qilinishiga izoh berdi

eʼlon qilindi
Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiya xodimlari savdo markazi xavfsizligini tekshirgan
tashkent City mall
Ichki ishlar bosh boshqarmasi Tashkent City Mall savdo markazining evakuatsiya qilinishiga izoh berdi / Foto: Kamila Sharipova

31-mart, dushanba kuni Tashkent City Mall savdo majmuasiga tashrif buyuruvchilar va ishchilar rejalashtirilgan oʻquv mashgʻulotlari munosabati bilan evakuatsiya qilingan. Bu haqda Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi maʼlum qilmoqda.

Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari ommaviy yigʻinlar oʻtkaziladigan joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirgan. Boshqarma maʼlumotlariga koʻra, shu kuni poytaxtdagi boshqa savdo markazlarida ham rejali mashgʻulotlar oʻtkazilgan.

«Bu kabi oʻquv mashgʻulotlari shahrimizda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek odamlar gavjum joylarda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshirilmoqda», — deyiladi xabarda.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri masjid portlashi yuzasidan hukumat komissiyasi tuzilgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek