IT Park Uzbekistan va Qozog‘istonning Astana Hub texnoparki Shanxayda xalqaro markaz ochadi

eʼlon qilindi
Ikkala kompaniya 2030-yilgacha IT-eksport hajmini $10 milliardga yetkazmoqchi
Foto: IT Park Uzbekistan

IT Park Uzbekistan va Qozog‘istonning Astana Hub texnoparki Central Asian Innovation Hubs brendi ostida hamkorlikni kengaytirib, Xitoy va BAAda xalqaro markazlar ochishni rejalashtirmoqda. Bu haqda IT Park Uzbekistan Kursiv’ga ma’lum qildi.

Jumladan, kompaniyalar birgalikda 2030-yilgacha IT-eksport hajmini $10 milliardga yetkazish va sakkizdan ortiq «yakkashox» kompaniya yaratish maqsad qilingan. Bu rejalar O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining AlmatyFair.ai ko‘rgazmasiga tashrifi chog‘ida e’lon qilindi.

«O‘zbekiston va Qozog‘iston allaqachon texnologiyalar sohasida sezilarli natijalarga erishdi: IT Park Uzbekistan ishonch bilan mamlakatni mintaqaviy xizmat ko‘rsatish va IT-autsorsing markaziga aylantirmoqda, ‘Astana Hub’ esa innovatsiyalar yaratilishiga hissa qo‘shadigan kuchli startap ekotizimini shakllantirmoqda. Kuchlarni birlashtirish, kuchli tomonlar va tajriba almashish orqali biz yangi cho‘qqilarni yanada tezroq zabt etishimiz mumkin», – dedi IT Park Uzbekistan bosh direktori Abdulahad Kuchkarov.

Foto: IT Park Uzbekistan

O‘tgan yilda IT Park Uzbekistan va Astana Hub tashabbusi bilan tashkil etilgan Central Asian Innovation Hubs mintaqaning 40 dan ortiq startapini INMerge Innovation Summit, Web Summit 2024 va TechCrunch Disrupt 2024 xalqaro forumlarida taqdim etgandi.

Shuningdek, IT Park Uzbekistan va «Astana Hub» Shanxayda xalqaro markaz ochish bo‘yicha Growth Vision Pro Ltd bilan memorandum imzoladi. Ushbu tashabbus Markaziy Osiyo startaplarini Xitoy bozoriga olib chiqishga xizmat qiladi.

Foto: IT Park Uzbekistan

Avvalroq Kursiv Uzbekistan joriy yilda 104 ta eksport qiluvchi kompaniya IT Park rezidentiga aylangani haqida yozgandi.

Shuningdek