
Kia kompaniyasi yangi 2025-yilgi Sportage modelini taqdim etdi. Bu haqda Autohome nashri xabar bermoqda.
Ushbu model Xitoyda sotuvga chiqarildi va dastlabki xaridorlar uchun taxminan $16,1 ming etib belgilangan.
Yangi Sportage modelida uch xil motor mavjud. 1,5 litrli benzinli motor 200 ot kuchiga ega boʻlib, 2,0 litrli motor esa 236 ot kuchiga ega.
Yangi modelda gibrid versiya ham mavjud. Bu versiyada 2,0 litrli motor va 200 ot kuchi mavjud. Yoqilgʻi sarfi esa 100 km uchun 5,6 litrni tashkil etadi.

Tashqi koʻrinish va ichki dizaynida katta oʻzgarishlar boʻlmagan. Masalan, ikkinchi konfiguratsiya modeli panoramali tom, elektr nazoratiga ega yon oynalar va haydovchi oʻrindigʻining elektr sozlash tizimi bilan jihozlangan.
Premium Smart Edition versiyasida 1,5 litrli va 2,0 litrli motorlarda toʻliq koʻrish tizimi va boshqa bir qator ilgʻor xususiyatlar taqdim etilgan.
Krossoverning oʻlchamlari quyidagicha: uzunligi 4670 mm, kengligi 1865 mm, balandligi 1680 mm, va oʻrindiqlar orasidagi masofa 2755 mm. Yangi modelda 12 xil konfiguratsiya mavjud boʻlib, xaridorlar uchun keng tanlov imkoniyatlarini taqdim etadi.
Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Kia Sorento 2024-2025 avtomobillari yorugʻlik tizimidagi muammolar tufayli qaytarib olinayotgani haqida yozgan edi.