«Kvars» yana davlat nazoratiga oʻtdi

eʼlon qilindi
2023-yilda korxonadagi davlat ulushini «Quvasoysement» sotib olgan edi
«Кварц»
«Kvars» yana davlat nazoratiga oʻtdi. Foto: «Kvars» AJ

«Kvars» aksiyalarining nazorat paketi davlat mulkiga qaytarildi. Bu haqda aksiyadorlarning navbatdan tashqari umumiy yigʻilishi bayonnomasida ma’lum qilindi.

Bayonnoma boʻyicha korxonaning 89,8 foizdan ortiq aksiyalari Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (DABA) oʻtkazildi. Eslatib oʻtamiz, ushbu davlat ulushi 2023-yilda «Quvasoysement»ga sotilgan edi.

Bundan tashqari, «Kvars»ning kuzatuv kengashi yangilandi. Uning tarkibiga DABA va «Oʻzsanoatqurilishmateriallari» AJ vakillari kiritilgan. Kursiv Uzbekistan vaziyatga oydinlik kiritish uchun agentlikka soʻrov yubordi.

Shuningdek, «Quvasoysement» «Kvars»ning jami 47,2 mln yevro miqdoridagi kredit majburiyatlarini soʻndirish majburiyatini olgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan 2024-yilning uchinchi choragida «Kvars»ning sof zarari 127,5 milliard soʻmga yetgani haqida yozgan edi.

Shuningdek