Maktab bitiruvchilari uchun fan olimpiadasi o‘tkaziladi – sovrin Damas avtomobili

eʼlon qilindi
20 mln so‘m va 10 mln so‘m bilan ham mukofotlanadi
Foto: Chevrolet.uz

Aprel oyida maktab bitiruvchilari uchun «Bo‘lajak yosh muhandislar» fan olimpiadasi o‘tkaziladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova xabar berdi.

Ushbu olimpiada Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti tomonidan tashkillashtiriladi. Olimpiadada faqat maktab bitiruvchilari ishtirok etishi mumkin. O‘quvchilar fizika, matematika hamda kimyo fanlaridan bilimini sinab ko‘radi.

Olimpiadada birinchi o‘rinni egallagan uch nafar g‘olib uch dona Damas avtomobili bilan, ikkinchi o‘rinni olgan uch nafar g‘olib esa 20 mln so‘m va uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan uch nafar o‘quvchi 10 mln so‘m bilan mukofotlanadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Qarshida mukofot jamg‘armasi 350 mln so‘mlik shaxmat musobaqasi o‘tkazilishi haqida yozgandi.

Shuningdek