«Manchester Siti»ni yozda uch nafar futbolchi tark etadi

eʼlon qilindi
Ularning oʻrniga Wirtz va Larsson nomzodi koʻrib chiqilmoqda
Manchester Sitiʼni yozda uch nafar futbolchi tark etadi / Foto: Depositphotos

Angliyaning «Manchester Siti» klubi yaqinlashib kelayotgan transfer oynasida oʻzining uchta yulduz futbolchisini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Sky Sports jurnalisti Florian Plettenberg insayder ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga koʻra, klub Kevin De Bryuyne, Ilkay Gyundogan va Jek Grealish bilan xayrlashishni rejalashtirgan. Klub rahbariyati tarkibni yangilash vaqti keldi, deb hisoblamoqda.

Avvalroq bosh murabbiy Xosep Gvardiola transferlar uchun rekord summa ajratilishini ma’lum qilgandi. Yangi oʻyinchilar qatoriga Germaniya Bundesligasining eng qimmat futbolchilaridan biri Florian Virts va Frankfurtning «Ayntraxt» klubi yarim himoyachisi Ugo Larsson kiradi.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri «Bornmut» – «Manchester Siti» oʻyinida Husanov sariq kartochka olgani haqida yozgan edi.

Shuningdek