Mazda yangi elektr krossoveri EZ-60 tizerini taqdim etdi

1-aprel 2025 09:44 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Mazda EZ-60
Mazda yangi elektr krossoveri EZ-60 ni taqdim etdi / Foto: Tizerdan ekran tasviri

Mazda kompaniyasi yangi elektr krossoveri EZ-60 tizerini rasmiy ravishda taqdim etdi. Bu haqda Weibo nashri maʼlum qildi.

Ushbu model kompaniyaning yangi avlod avtomobillarini ishlab chiqishdagi yirik qadamidir. EZ-60ʼning tashqi koʻrinishida odatdagi yon oynalar oʻrniga zamonaviy kameralar oʻrnatilgan.

Bu dizayn avvalo aerodinamikaga eʼtibor qaratish bilan birga, avtomobilning tashqi koʻrinishini yanada zamonaviy va futuristik qiladi.

Mazda EZ-60 oʻrta oʻlchamdagi SUV (krossover) boʻlib, yuqori konfiguratsiyalarida tashqi kameralar bilan jihozlanadi. Kameralar, avvalgi oynalar bilan solishtirganda, yanada aniqroq tasvir va kengroq koʻrish imkoniyatini beradi. Bu texnologiya xavfsizlikni taʼminlashga yordam beradi va avtomobilning aerodinamik parametrlarini yaxshilaydi.

Mazda EZ-60 ning texnik xususiyatlari hali toʻliq eʼlon qilinmagan boʻlsa-da, ushbu modelni 2025-yilning 25-aprelidan 2-mayigacha boʻlgan vaqt ichida Shanhay avtomobil yarmarkasida taqdim etilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Mazda Panasonic bilan kelishuvga erishgani haqida yozgan edi.

Shuningdek