Nissan 2026-yilda Renault Twingo asosida yangi elektromobil ishlab chiqarishini tasdiqladi

1-aprel 2025 10:30 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir
Nissan
Nissan 2026-yilda Renault Twingo asosida yangi elektr avtomobilini chiqarishini tasdiqladi / Foto: Nissan.global.com

Nissan kompaniyasi 2026-yilda Renault Twingo asosida yangi elektr avtomobil ishlab chiqarishini eʼlon qildi. Bu haqda 32cars nashri maʼlum qildi.

Ushbu model kompaniyaning eng arzon modeliga aylanishi kutilmoqda va Micra hamda Leaf modellari ostida joylashadi.

Yangi avtomobil CMF-BEV platformasida yaratiladi, bu platforma hozirda Renault 5 modelida ham ishlatilmoqda. Nissan dizaynni mustaqil ravishda ishlab chiqishni rejalashtirmoqda. Bu ishlab chiqarish muddatlarini qisqartirish va xarajatlarni kamaytirishga yordam beradi.

Avtomobilning narxi 20 ming yevrodan kam boʻlishi kutilmoqda. Shuningdek, Buyuk Britaniya uchun rul oʻng tomonda boʻlgan versiya ham ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Nissan N7 sedani Xitoy bozoriga kirib kelayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek